MAHALLIY XOMASHYOLARDAN YUQORI SIFAT KO'RSATKICHLARIGA EGA SANALGAN POLISAXARIDLARNI OLISH JARAYONLARI TADQIQI
View DatasetDescription
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida keng tarqalgan mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida yuqori sifatli polisaxaridlarni olish jarayonlari kompleks o‘rganilgan. Polisaxaridlarning ajratib olinishi, tozalash bosqichlari, ekstraksiya sharoitlari va ularning tarkibiy-himiyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda asosan pista qobig‘i, makkajo‘xori po‘stlog‘i, zig‘ir urug‘i, suvoq (plantago), qand lavlagi pulpasidan olingan tabiiy polisaxaridlar bilan tajribalar olib borildi. Ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari, molekulyar massalarining taqsimlanishi, gel hosil qilish qobiliyati, tozaligi darajasi hamda biofaolligi o‘rganildi. Natijalar mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali farmatsevtika, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va biotexnologiya sohalari uchun import o‘rnini bosuvchi, arzon va sifatli polisaxaridlar ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatdi.