XORIJIY INVESTITSIYALAR OQIMI VA IQTISODIY O'SISH O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
Description
Ushbu maqolada xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTDI) oqimi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik O‘zbekiston misolida empirik jihatdan tahlil qilinadi. Xorijiy investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va bandlikni oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda 2010–2023-yillar oralig‘idagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida panel regressiya modeli qo‘llanildi. Tahlil jarayonida “Fixed Effects” va “Random Effects” modellaridan foydalanildi hamda Hausman testi orqali optimal model tanlandi. Olingan natijalar xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sishga ijobiy va statistik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi. Tadqiqot natijalari investitsiya siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Citations (0)
No citations found
Mentions (0)
No mentions found
Metrics Over Time
Publication Details
Subfield
Parasitology
Field
Immunology and Microbiology
Domain
Life Sciences
Confidence Score
50%
Source
Scholar Data Model