VOYAGA YETMAGANLAR MEHNATINI HIMOYA QILISHDA XORIJIY TAJRIBA VA O'ZBEKISTON QONUNCHILIGINI XALQARO STANDARTLARGA MOSLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
View DatasetDescription
Ushbu maqola voyaga yetmaganlar mehnatini himoya qilish masalasini milliy va xalqaro nuqtai nazardan tahlil qiladi. Xorijiy tajribalar, jumladan Yevropa, Shimoliy Amerika va Yaponiya misollarida bolalarni ishga jalb qilishning minimal yoshini belgilash, xavfli ish turlarini cheklash va monitoring tizimlarini rivojlantirish orqali samarali himoya mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sharoitida milliy qonunchilik XMT konvensiyalari bilan uyg‘unlashgan bo‘lsa-da, amaliyotdagi muammolar, xususan qishloq joylarida bolalarni ekspluatatsion mehnatdan himoya qilish va ijtimoiy yordam tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi aniqlanadi. Maqola milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish, monitoring tizimini kuchaytirish va ijtimoiy dasturlarni rivojlantirish orqali voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishning samarali strategiyalarini aniqlashga qaratilgan.