Published on 01 January 2026
AQSHNING O'RNI VA GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
View DatasetDescription
Ushbu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) geografik o‘rni, tabiiy sharoitlari va ularning mamlakatning iqtisodiy, siyosiy hamda strategik rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. AQShning Shimoliy Amerikadagi joylashuvi, ikki okean bilan chegaradoshligi, boy tabiiy resurslari va xilma-xil iqlim zonalariga ega ekanligi uning global miqyosdagi yetakchi davlat sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgani asoslab beriladi. Tadqiqotda geografik omillarning transport tizimi, qishloq xo‘jaligi, sanoat rivoji hamda xalqaro savdoga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, mamlakat hududining kengligi va tabiiy landshaftlarning xilma-xilligi ichki iqtisodiy integratsiya va hududiy rivojlanishdagi o‘rni ham ko‘rib chiqiladi.